Nyu-York, 2021 yil 8-fevral – O’zbekiston rahbariyati jurnalist Otabek Sattoriyni tezda ozod qilishi, unga qo’yilgan barcha ayblovlarni bekor qilib, erkin ishlashiga imkon berishi kerak, deya bayonot berdi bugun Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (CPJ).
30-yanvar kuni O’zbekiston janubidagi Termiz shahrida bir guruh oddiy kiyim kiygan huquq-tartibot organlari zobitlari bloger Sattoriyni hibsga oldi, deya xabar berdi OAV. Sattoriy o’zining Telegram va YouTube-dagi “Xalq Fikri” deb nomlangan kanallarida mahalliy korruptsiyani yoritgan, deyiladi xabarlarda. Buni blogerning otasi Abdumannon Sattoriy va advokati Shavkat Shokirov CPJ bilan telefon orqali bo’lib o’tgan suhbatda tasdiqladi. CPJ blogerning Telegram kanali o’chirilgani sababli undagi maqolalar mazmunini ko’ra olmadi.
1-fevral kuni Jinoyat ishlari bo’yicha Termiz sudi Sattoriyni tovlamachilikda ayblab, hibsga oldi, dedi Shokirov CPJga. Agar aybdor deb topilsa, bloger O’zbekiston qonunlariga binoan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Shokirovning so’zlariga ko’ra, Sattoriy ayblovlar uydirma deb, aybini inkor etgan.
“O’zbekiston rasmiylari bloger Otabek Sattoriyni darhol ozod etishlari va unga qarshi soxta ayblovlarni bekor qilishlari kerak,” dedi CPJning Evropa va Markaziy Osiyo dasturi koordinatori Gulnoza Said. «Blogerlar va fuqaro jurnalistlarning korruptsiya to’g’risidagi xabarlari uchun ta’qib qilinishi ularning konstitutsiyaviy huquqlarini buzadi. O’zbekistondagi jurnalistlar ularni jazolash maqsadida qo’yilgan ayblovlardan qo’rqmagan holda o’z faoliyatini davom ettira olishi kerak.”
Following his arrest on January 30, a group of 20 to 30 police officers, who identified themselves as investigators from the local police department, went to the house that Sattoriy shares with his family and parents, his father told CPJ.
30-yanvar kuni bloger hibsga olingandan so’ng o’zini mahalliy militsiya bo’limining tergovchilarimiz deb tanishtirgan 20-30 kishidan iborat guruh Sattoriy oilasi va ota-onasi bilan yashaydigan uyga keldi, dedi blogerning otasi CPJga.
Zobitlar Sattoriy oilasiga blogerning hibsga olinganini aytgan, so’ngra tintuv haqidagi protokolni ko’rsatib, uyida tintuv o’tkazgan. Bloger otasining so’zlariga ko’ra, tintuv natijasida Sattoriyning bir nechta xotira kartasi, ikkita kompyuteri hamda blogerning ofisidagi ba’zi qog’ozlari musodara qilingan.
Shokirovning CPJga aytishicha, Sattoriy mahalliy tadbirkorga nisbatan tovlamachilikda ayblanmoqda. Uning so’zlariga ko’ra, 2020-yil dekabr oyida Sattoriy mahalliy bozordagi baland narxlar haqida reportajni videoga olayotgan bo’lgan. O’shanda bir kishi bunga to’sqinlik qilib, bloger telefonini zo’rlik bilan tortib olgan, so’ngra telefonni buzilgan holda qaytarib bergan. Keyinchalik u odam Sattoriyga murojaat qilib, buzilgan telefonni almashtirishni taklif qilgan. U odam Sattoriyga yangi telefonni berayotgan paytda militsiya blogerni hibsga olgan va uni telefon talab qilib, u odamga nisbatan tovlamachilik qilgan, deya ayblagan, dedi Shokirov CPJga.
Shokirov va Abdumannon Sattoriyning CPJga aytishicha, bloger jurnalistik faoliyati uchun ta’qib qilinmoqda. Ular ayblovlar uchun asos bo’lgan alohida bir reportaj haqida hech nima demadi, ammo Sattoriyning otasi CPJga ayblov korruptsiya to’g’risidagi reportajlari bilan bog’liq bo’lishi mumkinligini aytdi.
5-fevral kuni Jinoyat ishlari bo’yicha Surxondaryodagi tuman sudi Shokirovning Sattoriyni garov evaziga ozod qilish to’g’risidagi apellyatsiyasini rad etdi va blogerni uch oygacha davom etishi mumkin muddat davomida hibsxonada saqlashni buyurdi.
CPJ izoh so’rab O’zbekiston Ichki Ishlar Vazirligiga elektron pochta orqali maktub yo’lladi, ammo hozircha javob olganicha yo’q.